Siz Yii’ni ikki usulda o’rnatishingiz mumkin: Composer - dan foydalanishingiz mumkin yoki arxivdan yuklab olib ishlatishingiz mumkin. Birinchi usul afzalroq bo’ladi, chunki u yangi kengaytmalar o’rnatish yoki Yii’ni bitta buyruq bilan yangilash imkonini beradi.
Eslatma: Yii 1 dan farqli o’laroq, Yii2ni standart yoli bilan ornatsangiz siz ham shabloni va freymvorkni o`rnatasiz.
Agar Composer xali o’rnatilmagan bo’lsa, uni getcomposer.org saytiga kirib ko’rsatmalarga rioya qilib o`rnatishingiz mumkin yoki quyidagi usullardan birini amalga oshirishingiz mumkin. Linux yoki Mac-da quyidagi buyruqni bajaring:
Ushbu qo’llanma composer global tizim boyicha umumiy o’rnatilganligini ta’kidlaydi. Ya’ni, bu composer buyrug’i orqali mavjud. Agar local (ichki) katalogdan composer.phar foydalanayotgan bo’lsangiz, buyruqlar mos ravishda o’zgartiring.
Composer o’rnatilgan bo’lsa, uni composer self-update.
Eslatma: O’rnatish vaqtida Yii Composer Github API orqali juda ko’p miqdordagi ma’lumotlarni yulaydi.
So’rovlar soni sizning loyihangizning boglanmalar soniga bog’liq bo’lib, Github API chegaralaridan oshib ketishi mumkin. Agar shunday bo’lsa qolsa, Composer Githubdan login va parolni so’raydi. Bu Github API uchun token olish uchun zarur. Internet tezligi tez bo’lsa Composer xatolikni bartaraf qilishdan oldin ham sodir bo’lishi mumkin, shuning uchun Yii’ni o’rnatishdan avval kirish uchun tokeni o’rnatish tavsiya etamiz.
Ko’rsatmalar Composer qo`lanmasida Github API’sining identifikatorlari bo’yicha taqdim etiladi.
Ushbu buyruq Yining oxirgi ishlaydigan versiyasini basic katalogiga o’rnatadi. Agar xohlasangiz, boshqa katalog nomini tanlashingiz mumkin.
Info: Agar composer create-project buyrug’i yaxshi ishlamasa , Composer hujjatining “Muammo bartaraf qilish” bo’limiga murojaat qiling . Yozib otilgan boshqa odatiy xatolar mavjud. Xatolikni bartaraf qilganingizdan so’ng, basic katalogda composer update ishga tushiring.
Maslahat: Agar siz Yii ning eng so`ngi tekshirilmagan taxririni o’rnatmoqchi bo’lsangiz, stability sozlamasini ozgartirib quydagi quyidagi buyruqni ishlatishingiz mumkin::
Ishlab serverlarida Yii’ning tekshirilmagan taxrirlarini foydalanmaslikka harakat qiling, chunki bu taxrir tekshirilmagan kodi to’satdan xatolik kelib chiqishi mumkin.
Yuqorida, Yii’ni ishlatish uchun tayyor bo’lgan asosiy dastur sifatida o’rnatish bo’yicha ko’rsatmalar mavjud. Bu kichik loyihalar uchun yoki “Yii” ni o’rgana boshlaganlar uchun ajoyib variant.
Bunday o’rnatish uchun ikkita asosiy variant mavjud:
Agar sizga faqatgina freymvork kerak bolsa va dasturni noldan yaratmoqchi bo’lsangiz, «Noldan ilovani yaratish» bo’limida ko’rsatilgan ko’rsatmalardan foydalaning.
Agar siz jamoaviy ish uchun juda kengaytirilgan taxriri bilan boshlamoqchi bolsangiz, murakkab shabloni ishlatishingiz mumkin.
O`rnatilgandan so’ng, dastur quyidagi URLda mavjud bo’ladi:
http://localhost/basic/web/index.php
Ushbu dasturni veb-serveringizning ildiz katalogidagi basic katalogiga o’rnatgan deb hisoblaydi, server ichki (localhost) ishlayapti. Uni oldindan sozlashingiz kerak bo’lishi mumkin.
Sizni “Tabriklaymiz!” Xush kelibsiz sahifasini ko’rishingiz kerak. Agar shunday bo’lmasa - Yii talablarini quyidagicha tekshiring:
Freymvork to’g’ri ishlashi uchun PHPni minimal talablarga javob beradigan tarzda sozlashingiz kerak. Asosiy talablardan biri bu PHP versiyasi 5.4 va undan yuqori bolishi kerak. Agar veb-ilovangiz ma’lumotlar bazasi bilan ishlayotgan bo’lsa , PHP PDO kengaytmasini va tegishli drayverni (masalan, MySQL uchun pdo_mysql ) o’rnatishingiz kerak.
Info: Agar siz faqatgina freymvork bilan tanishishni boshlagan bo’lsangiz va uni ish serveriga joylashtirmagan bo’lsangiz, ushbu bo’limni o’tkazib yuborishingiz mumkin.
Yuqoridagi ko’rsatmalarga muvofiq o’rnatilgan ilovalar Windows va Linux ostida PHP 5.4 va undan yuqori taxrirlarda o’rnatilgan Apache va Nginx bilan ishlaydi.Yii 2.0 HHVM bilan ham mos keladi. Etiborli bo’ling, ba’zi hollarda, HHVM bilan ishlashda odatdagi PHPdan farq qiladi.
Ish serverida siz https://www.example.com/basic/web/index.php dan https://www.example.com/index.php manziliga dastur URL manzilini o’zgartirishni xohlasangiz.
Buni amalga oshirish uchun veb-server parametrlarida ildiz katalogini basic/web ga o’zgartiring. Bundan tashqari, “URL sozlamalari” qismidagi malumotga ko’ra, index.php yashirishi mumkin. Keyinchalik Apache va Nginx ni qanday sozlashni ko’rsatamiz.
Info: Veb-serverning basic/web ildiz katalogini o’rnatib, siz ruxsat berilmagan kirish kodidan va basic/web sahifadagi ma’lumotlardan himoya qilasiz. Bu ilovani yanada xavfsiz holga keltiradi.
Info: Agar dastur veb-server sozlamalariga kirish imkoni bo’lmagan hosting bilan ishlayotgan bo’lsa, siz “Birgalikda Hosting ustida ishlash” bo’limida ko’rsatilganidek, ilovaning tuzilishini o’zgartirishingiz mumkin.
PHP Nginx uchun FPM SAPI sifatida o’rnatilishi kerak. Quyidagi Nginx sozlamalaridan foydalaning va basic/web va mysite.test to’g’ri manzilini hostname-ga almashtirishni va path/to/basic/web ni almashtirishni unutmang.